Mastercard Travel Rewards nima?
Mastercard Travel Rewards dasturda ro‘yxatdan o‘tgan Mastercard kartalari sohiblariga sayohat yoki xaridlar chog‘ida qator ekslyuziv takliflar va keshbekli takliflarga imkon beradi. Ularda qatnashish uchun dasturda qatnashuvchi xorijiy onlayn-do‘konlarda yoki an’anaviy do‘konda Mastercard kartasi bilan to‘lov qilsangiz, bas.
“Malakalanadigan tranzaksiya” yoki “mumkin bo‘lgan xarid” nima?
Sotuvchilar Mastercard kartalari sohiblariga muayyan chegirmalar yoki tovarlar va xizmatlar xarid qilish uchun imtiyozlar (“Takliflar”) berishlari mumkin, ular Mastercard saytida ochiq bo‘ladi. Bunday Takliflar alohida Qoidalar va shartlar bilan tartibga solinadi va istalgan paytda, oldindan ogohlantirilmay o‘zgartirilishi mumkin. Shuningdek, Sotuvchilar onlayn-xaridlar uchun to‘lovlar qabul qilishning turli mezonlariga ham ega bo‘lishlari mumkin (masalan, debet kartalar yoki prepaid kartalar qabul qilinmaydi). Bu mezonlar Sotuvchi tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi va Sotuvchi saytida ko‘rinishi mumkin. Mastercard siz va sotuvchi o‘rtasida bunday Takliflar borasidagi har qanday o‘zaro aloqa natijasida yuzaga kelgan istalgan zarar yoki ziyon yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Ushbu hujjatda bayon etilgan holatlardan tashqari, barcha masalalar, jumladan, tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish, qaytarish va kafolatlar mutlaqo va qat’iyan siz hamda tegishli sotuvchilar o‘rtasida hal etiladi. Siz Mastercard kompaniyasi Mastercard sayti orqali taqdim etilgan sotuvchilar, shuningdek ular taqdim etadigan Takliflarni qo‘llab-quvvatlamaydi va ularga kafolat bermaydi. Barcha takliflardan foydalanish sotuvchining yetkazib berish siyosati va karta sohibining yetkazib berish manzili imkoniyat doirasida ekaniga bog‘liq bo‘ladi. “Foydalanish uchun bosing” sifatida ko‘rsatilgan barcha takliflar uchun keshbek yetkazib berish, qayta ishlash, soliqlar yoki hadya sertifikatlari (ular, shubhadan xoli bo‘lish uchun, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hadya kartalari, hadya sertifikatlari yoki har qanday boshqa, pul mablag‘laridagi ekvivalentlar)ni sotib olish va/yoki ulardan foydalanishga hisoblanmaydi.
Mastercard Travel Rewards dasturi bo‘yicha takliflarning turlari o‘rtasidagi farq nimada?
Bizdagi takliflar turlari haqida batafsil bilish uchun navigatsiya yuqori panelidagi “Qanday foydalaniladi” tugmasini bosing, u orqali takliflarimiz va ulardan foydalanish haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Mastercard Travel Rewards yordamida o‘z mamlakatimdagi xaridlardan keshbek ola olamanmi?
Muayyan joy ko‘rsatilgan barcha takliflarda kartalar sohiblari, taklifda qatnashish huquqiga ega bo‘lish uchun, o‘sha joyga borishlari va xaridni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. “Onlayn-taklif” sifatida ko‘rsatilgan takliflarda siz, Mastercardning ro‘yxatdan o‘tgan kartasi yordamida xarid qilish va keshbek olish uchun barcha kerakli shartlar va qoidalarni amalga oshirish sharti bilan, o‘z mamlakatingizda taklifga da’vo qilishngiz mumkin.
Mastercard Travel Rewards dasturida ro‘yxatdan o‘tishim kerakmi?
Mastercard kartalarining individual sohiblari uchun “Fodalanish uchun tayyor” deb ko‘rsatilgan taklifda dasturda ro‘yxatdan o‘tish shart emas, chunki bu jarayonni bankingiz o‘z zimmasiga oladi. Bankingiz sizning ishtirok etish huquqingizni tasdiqlashi va sizni Mastercard Travel Rewards dasturiga qo‘shishi bilan, keshbekning barcha tegishli tranzaksiyalari avtomatik qayta ishlanadi. Sizning Mastercard kartangiz bu mezonlarga to‘g‘ri kelishini bilish uchun kartangizni chiqargan bangga qo‘ng‘iroq qilsangiz kifoya. Tegishli mezonlarga ega Mastercard Travel Rewards kartalari sohiblari, “Kartaga qo‘shish” va “Foydalanish uchun bosing” tarzida ko‘rsatilgan taklifdan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun Mastercard saytida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. “Foydalanish uchun bosing” takliflari uchun siz mtr.mastercardservices.com da taqdim etilgan havola orali sotuvchi saytiga kirishda keshbek olasiz. Biroq, e’tibor bering: Mastercard Travel Rewards hisob yozuvini har bir karta sohibi ro‘yxatdan o‘tkaza oladi va bitta hisob yozuviga bir emitentning bir nechta muvofiq kartalarini qo‘shish mumkin. Bu ro‘yxatdan o‘tkazilgan akkauntda har bir mezonga muvofiq karta uchun keshbek olish mumkinligini anglatadi.
Sotuvchida xarid qilishdan oldin Mastercard saytiga kirishni unutibman. Keshbek ololamanmi?
Kechirasiz, lekin biz mtr.mastercardservices.com saytidan chetda amalga oshirilgan xaridlar uchun keshbek hisoblay olmaymiz. Keyingi gal xaridni amalga oshirayotganingizda doim sotuvchi veb saytiga Mastercard saytidagi havola orqali o‘ting, shunda biz sizning tashrifingizni kuzatib, keshbek qaytara olamiz.
Keshbek hisoblash qanday amalga oshadi? U o‘tkazilganiga amin bo‘lish uchun nimadir qilishim kerakmi?
Agar siz (karta sohibi) taklif shartlarini bajargan bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz va Mastercard saytida taqdim etilgan havola orqali xaridlarni amlaga oshirgan bo‘lsangiz, keshbek avtomatik hisoblanadi. Kartangiz bo‘yicha ko‘chirmada har bir chegirmada identifikator bo‘ladi, masalan: “Mccashback” yoki “TravelRwds”.
“Fodalanish uchun bosing” deb ko‘rsatilgan takliflar uchun keshbek mening Mastercard Travel Rewards dagi hisobimga darhol o‘tkaziladimi?
- Siz Mastercard saytida taqdim etilgan havola orqali qatnashchi sotuvchida mezonlarga mos keluvchi xaridni amalga oshirsangiz, tranzaksiya sizning Mastercard Travel Rewards tranzaksiyalar tarixingizda “Kutish” maqomida 5 ish kuni aks etib turadi.
- Tranzaksiya maqomini “Ma’qullandi”ga o‘zgartirishdan oldin biz tranzaksiyani sotuvchidan tasdiqlatib olamiz. Bu jarayon “Foydalanish uchun bosing” belgisili takliflarda 120 kungacha vaqt olishi mumkin va Sotuvchining Foydalanish shartlari bilan tartibga soladi.
- E’tibor bering: mehmonxonalar va sayohatlarni bronlashda sizning keshbekingiz yashaganingiz, bronlaganingiz yoki polisingizning oxirgi, kontrakt yoki obuna boshlanish sanasidan 120 kun davomida ma’qullanadi va Sotuvchining Qoidalari va shartlari bilan tartibga solinadi.
- Keshbek maqomi “Ma’qullandi”ga o‘zgartirilgach, u 24 soat ichida sizning hisobingizning umumiy axborotida aks etadi va sizning ro‘yxatdan o‘tgan kartangizga taxminan 72 soat ichida o‘tkaziladi. Biroq, hisob uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan kartaga mablag‘lar hisoblash bir muddat vaqt talab qiladi, qancha vaqt ekanligi emitent-bangga bog‘liq.
Agar amalga oshirilgan xaridni bekor qilsam yoki pulni qaytarib olmoqchi bo‘lsam, nima bo‘ladi?
Siz bevosita sotuvchida amalga oshirganingiz kabi, sotuvchining Shartlari va qoidalariga muvofiq odatiy usulda xaridni bekor qilishingiz va qoplovni olishingiz mumkin. Biroq siz har qanday bekor qilingan yoki qaytarilgan buyurtmalar uchun keshbek olmaysiz. Agar siz Mastercard Travel Rewards hisobingizga keshbek hisoblangandan keyin xaridni bekor qilsangiz, biz bunday keshbekni hisobingizdan o‘chirib olish huquqiga egamiz.
Men Mastercard Travel Rewards hisob yozuvimga kirdim va “Foydalanish uchun bosing” belgisili taklif yordamida sotuvchi taqdim qilgan xarid uchun URL-manzil orqali xaridlarni amalga oshirdim, ammo buyurtmalarim mening hisob yozuvimda ko‘rinmayapti – sababi nimada bo‘lishi mumkin?
- Xarid “Kutish” maqomida aks etishi uchun 5 ish kuniga qadar talab etiladi.
- Siz xarid chog‘ida foydalangan veb-brauzerda cookie fayllari o‘chirib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. cookie fayllari bizga xaridingizni kuzatib borish imkonini beradi – ularsiz tizim hisobingizga keshbek hisoblay olmaydi.
Menda cookie-fayllar yoqilgan, lekin “Foydalanish uchun bosing” tarzida krsatilgan takliflar bo‘yicha xaridlarim hali ham hisob yozuvimda aks etmayapti
Keshbek olishingizda yordam beruvchi bir nechta tavsiyalar: Mastercard saytida “Ushbu taklifdan hozir foydalanish” tugmasini bosishdan oldin o‘zingizning Mastercard Travel Rewards hisob yozuvingizga kirganingizga amin bo‘ling. Onlayn-xaridni bitta seansda yakunlang. Agar buyurtma rasmiylashtirilganidan keyin yana nimadir olishni xohlasangiz, sotuvchi saytini yoping va Mastercard saytidan boshlab jarayonni takrorlang. Qatnashchi-chakana sotuvchilarning barcha tranzaksiyalari cookie fayllari yordamida kuzatib boriladi. Siz cookie fayllari brauzeringizda yoqilgan bo‘lishi va tranzaksiyadan oldin o‘chirib tashlanmasligi uchun javobgarsiz. Bundan tashqari, kompyuteringizdagi xavfsizlik dasturiy ta’minoti brauzerdagi cookie fayllarini kuzatib borishni uzib qo‘ymasligi lozim. Oldin saqlangan tovarlarni savatdan olib tashlamang; butunlay noldan boshlang. Tranzaksiya yakunlanishiga qadar sotuvchini reklama qiluvchi boshqa banner yoki veb-saytni bosmang. Agar sizga xaridni amalga oshirishdan oldin boshqa saytga kirish kerak bo‘lsa, buning uchun boshqa brauzerdan foydalaning. Mastercard saytidan boshlangan brauzer seansini uzib qo‘yish kuzatib borishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Do‘stingni chaqir” dasturidan foydalanmang, bu ham refererni o‘zgartirib yuboradi. Sotuvchiga buyurmangizni yakunlash yoki o‘zgartirish uchun qilgan qo‘ng‘irog‘ingiz, katta ehtimol bilan, mtr.mastercardservices.com (va, tegishlicha, sizning keshbekingiz)ni kuzatishni belgilab beradi. Tobora ko‘proq holatlarda internet-xavfsizlik va reklama blokirovkasi dasturlarining ayrimlari xaridlaringizni kuzatish uchun kerak bo‘lgan kuzatuv maxsus kodlaridan foydalanishga to‘sqinlik qiladi. Iltimos, dasturni Mastercard saytidan foydalanishdan oldin o‘chirib qo‘ying. Xarid paytida mtr.mastercardservices.com saytida aks etmaydigan kupon kodidan foydalanmang. Xaridni amalga oshirish uchun sotuvchining saytida boshqa mamlakat havolasi bo‘ylab o‘tmang, chunki aksariyat sotuvchilar, agar mamlakat domeni o‘zgarsa, xaridni kuzatmaydilar. mtr.mastercardservices.com saytidan sotuvchining saytiga o‘tayotganingizda sotuvchi saytining cookie fayllari qabul qilinishiga amin bo‘ling
Nega mening “Foydalanish uchun bosing” belgili taklif uchun keshbekim bekor qilindi?
Xaridlar bir qator sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Ulardan eng keng tarqalgani: sotib olingan tovarlarni sotuvchiga qaytargansiz; to‘lovingiz o‘tmagan yoki siz sotuvchining kreditga layoqatlilikni tekshirish talablariga muvofiq kelmagansiz; bu sotuvchidagi oxirgi bosishingiz sotuvchi tomonidan Mastercard saytidagi “Bu taklifdan hozir foydalanish” tugmasi orqali olinmagan; tranzaksiyangiz sotuvchining Qoidalari va shartlariga muvofiq kelmaydi; tranzaksiyangiz shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan; siz sotuvchi saytining cookie fayllarini qabul qilmagansiz
Nega men “Foydalanish uchun bosing” tarzida belgilangan takliflar uchun bitta sotuvchining o‘zida ko‘proq yoki kamroq keshbekka ega bo‘ldim?
Keshbek stavkalari ko‘payishi yoki kamayishi mumkin lekin joriy stavka doimo Mastercard saytida aks etadi, shu sababli qancha summali chegirmani mo‘ljal qilish uchun xaridni yakunlayotganingizda joriy kursga qarashni unutmang.
Ko‘k bayroqcha bilan belgilangan va olovrang bayroqcha bilan belgilangan takliflar o‘rtasida nima farq bor?
Ko‘k bayroqchalik takliflar kichik biznes uchun ko‘proq dolzarb bo‘lsa, olovrang bayroqchali offerlar premial takliflar sanaladi. Taklifda qanday rangdagi bayroqcha aks etishidan qat’i nazar, talablarga muvofiq keluvchi iste’mol kartasi va kichik biznes kartasi sohiblari istalgan takliflardan foydalanishlari mumkin.
Nega ayrim takliflarda “karta qo‘shish”im kerak?
Ayrim sotuvchilar kartalar sohiblari keshbek olish huquqiga ega bo‘lish uchun ularning takliflariga rozi bo‘lishlari kerakligini talab etadilar.
“Kartaga qo‘shish” funksiyasi qanday ishlaydi?
Kartalar sohiblari taklifni faollashtirish uchun “Kartaga qo‘shish” tugmasiga bosishlari kerak. Taklif faollashganidan keyin kartalar sohiblari sotuvchida xarid qilishlari va keshbek olishlari mumkin. Agar taklif xariddan keyin faollashtirilgan bo‘lsa, keshbek hisoblanmaydi.
“Kartaga qo‘shish” taklifi va boshqa takliflar mamlakatga qarab farqlanadimi?
Ha, takliflar mamlakatga qarab farqlanadi. “Kartaga qo‘shish” taklifi va “Foydalanish uchun bosing” takliflari hozirgi vaqtda AQSH va boshqa mamlakatlardagi kartalar sohiblari uchun o‘chirilgan. Qanday takliflardan foydalana olishingizni bilish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.
Taklif muvaffaqiyatli faollashtirilganligini qanday tekshirishim mumkin?
Agar taklif muvaffaqiyatli faollashtirilgan bo‘lsa, “karta qo‘shish” tugmasi “kartaga qo‘shilgan”ga o‘zgaradi va boshqa bosib bo‘lmaydigan bo‘ladi.
Men faollashtirishim mumkin bo‘lgan takliflar sonida cheklov bormi?
Cheklovlar yo‘q; kartalar sohiblari qancha mumkin bo‘lsa, shuncha taklifni faollashtirishlari mumkin. Har bir taklif chorakda faqat bir marta amal qiladi.
Taklifni qanchalik tez-tez faollashtirishim kerak?
Faollashtirilgan takliflar har chorakda yangilanadi. Kartalar sohiblari tegishli takliflar uchun “kartaga qo‘shish”ni har chorakda faollashtirishlari kerak.
Agar men taklifni faollashtirgan bo‘lsam, keyin sotuvchida xaridni amalga oshirgan bo‘lsam-u lekin keshbek olmagan bo‘lsam, nima qilish kerak?
Bankingizga telefon qilib, so‘ralayotgan axborotni taqdim qilishingiz kerak. Bankingiz bu masalani Mastercard bilan birga o‘rganib chiqadi. E’tibor bering: chegirma hisoblanishi va uning karta sohibining ko‘chirmasida aks etishi 30 kungacha vaqt olishi mumkin.
Keshbekimning maqomini qanday tekshirishim mumkin?
Iltimos, o‘z ismingizga bosing, o‘zingiz amalga oshirgan tegishli tranzaksiyani va keshbek maqomini ko‘rish uchun navigatsiyaning yuqori panelidagi “Hisob yozuvi to‘g‘risidagi umumiy axborotni ko‘rish” bo‘limiga o‘ting. E’tibor bering: keshbek hisoblanishi uchun “Tasdiqlash sanasi”dan keyin biroz vaqt talab qilinadi. Aniq muddat sizning bankingizga bog‘liq.
Agar bir emitentning bir nechta kartasi bor bo‘lsa, ularni bitta hisob yozuviga qo‘sha olamanmi? Beso‘roq ravishda kartani yangilay olamanmi?
Kartani beso‘roq ravishda yangilash uchun o‘z ismingizga bosing va navigatsiyaning yuqori panelidagi “Kartalarni boshqarish” bo‘limiga kiring. Bu yerda yangi kartalarni qo‘shish va ulardan birini beso‘roq karta o‘laroq tanlash mumkin. E’tibor bering: siz birlamchi ro‘yxatdan o‘tishda ishlatilgan kartaga qarab, bir emitentning bir nechtagina (kredit, debet, prepaid) kartasini qo‘sha olasiz. Ko‘pi bilan 5 ta karta qo‘shish mumkin.
Keshbek savdo nuqtasida darhol qayta ishlanadimi?
Keshbek darhol qayta ishlanmaydi va savdo nuqtasida tovarlar va xizmatlar narxini kamaytirmaydi. Keshbek bo‘yicha takliflarni qayta ishlash Mastercard avtomatlashgan tizimlari tomonidan tez (lekin darhol emas) amalga oshiriladi. Va kartangiz ko‘chirmasida kredit ko‘rinishida aks etadi. Keshbek “Foydalanishga tayyor” va “Kartaga qo‘shish” sifatida tasniflangan takliflarda 30 kungacha qayta ishlanadi va, qoidaga ko‘ra, “Foydalanish uchun bosing” takliflari sifatida ko‘rsatilgan takliflarda 120 kungacha vaqt ketadi.
Har bir savdo brendida amalga oshirishim mumkin bo‘lgan xaridlar soni chegaralanganmi?
Har bir taklifning qoidalari va shartlari dastur saytida ko‘rsatilgan. Turli amal qilish muddatiga ega bo‘lgani uchun, har bir taklif uchun ushbu Qoidalar va shartlar bilan tanishib chiqing, xolos.
Karta bo‘yicha ko‘chirma olsam-u lekin tegishli tranzaksiya uchun menga keshbek hisoblanmagan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Kartalar sohiblarini qo‘llab-quvvatlash va Mastercard Travel Rewards bilan bog‘liq savollar uchun o‘z bankingizga murojaat qiling. Ular sizga quyidagi savollarda yordam beradi: umumiy savollar va qo‘llab-quvvatlash; tranzaksiya bilan bog‘liq savollar; yo‘qolgan yoki o‘g‘irlatilgan kartalar
Covid mening takliflarimga ta’sir qiladimi?
COVID-19 ga oid vaziyatning rivojlanib borishi fonida sizga savdo nuqtalari veb-saytlarini ochiqligi yoki vaqtincha yopiqligi bo‘yicha tekshirib turishni tavsiya qilamiz. Kartalar sohiblari, mijozlar, hamkorlar va xodimlar bizning oliy ustuvorligimiz sanaladi.
O‘z javobingizni topmadingizmi?
Mastercard Travel Rewards dasturi haqidagi qo‘shimcha savollar bo‘yicha Mastercard kartangizni chiqargan o‘z bankingizga murojaat qiling.