Mastercard Travel Rewards – Kartalar sohiblari uchun foydalanish shartlari

Dastur sharhi

Mastercard Travel Rewards — bu transchegaraviy takliflarning raqamli dasturi. Mezonlarga mos keluvchi kartalar sohiblari butun dunyodagi eng ommabop mamlakatlarning ayrimlaridagi va Internetdagi mashhur savdo nuqtalaridan keshbek takliflaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Tegishli xaridlar amalga oshirilgach, kredit avtomatik ravishda emitent bank(lar) tomonidan kartalar sohiblari hisobiga tashlab beriladi, kuponlar va promokodlar talab etilmaydi.

Taklif shartlari va qoidalari:

Taklif shartlari va qoidalari: talablarga muvofiq keluvchi tranzaksiyalar Mastercard ishlov beradiganlari bilan chegaralanadi va faqat tegishli Mastercard kartasi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Tranzaksiyalar savdo taklifi taqdim etilgan mamlakatning mahalliy valyutasida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim takliflar taklif amal qilish muddatida har bir karta sohibi uchun faqat bir martda qo‘llanilishi bilan chegaralangan. Kredit shaklidagi keshbek karta sohibining ko‘chirmasida paydo bo‘lgunicha 60 kungacha vaqt o‘tishi mumkin. U emitentga qarab va karta sohibining ko‘chirmasida keshbek namoyon bo‘lguniga qadar 120 kungacha o‘tishi mumkin bo‘lgan hamkor-sotuvchi havolasi orqali taqdim etiladigan takliflarda o‘zgarishi mumkin. Takliflar, qoidalar va shartlar, maxfiylik to‘g‘risidagi bildirishnomalar va boqsha tegishli axborotga ega bo‘lish uchun https://mtr.mastercardservices.com/ yoki www.priceless.com/travelrewards saytiga kiring

Dastur shartlari va qoidalari

Mastercard oldindan ogohlantirmay, istalgan vaqtda istalgan saqdo taklifi yoki maqsadli bozorlarni qo‘shish yoki olib tashlash huquqiga ega. Mastercardning tegishli kartalari sohiblari uchun Sotuvchilar https://mtr.mastercardservices.com ("Mastercard sayti")da taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar xaridida muayyan chegirmalar yoki boshqa imtiyozlar taqdim etishlari mumkin. Bunday takliflar yuzasidan ayrim qoidalar va shartlar bor va bu dastur oldindan ogohlantirilmay, istalgan paytda o‘zgartirilishi mumkin. Mastercard kartalar sohiblari va sotuvchi o‘rtasida ushbu takliflar borasidagi biror-bir o‘zaro aloqa natijasida ko‘rilgan hech qanday zarar yoki ziyon bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Ushbu hujjatda bayon etilganidan boshqa holatlarda, barcha masalalar, jumladan, tovar va xizmatlar yetkazib berilishi, qaytarish va kafolatlar mutlaqo karta sohibi va tegishli sotuvchi(lar) o‘rtasida hal qilinadi. Kartalar sohiblari Mastercard kompaniyasi Mastercard sayti orqali tadim etilgan sotuvchilarni ham, ular taqdim etayotgan takliflarni ham qo‘llab-quvvatlamasligi va ularga kafolat bermasligini anglaydilar